Jizzaxda harbiy-vatanparvarlik spartakiadasi doirasida “Yosh huquqshunos” tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Mazkur jarayonda ishtirokchilarning ona tili, adabiyot va Oʻzbekiston tarixi fanlarini qanchalik bilishlari test asosida sinovdan oʻtkazildi. Natijalarga keladigan boʻlsak, 14-17 yoshlilar oʻrtasida 1- oʻrinni yangiobodlik Ruxshona Zokirjonova egalladi.
Xuddi shunday, 18-30 yoshlilar oʻrtasida 1- oʻrinni Yangiobod tumani vakili Gulsevar Shayimqulova qoʻlga kiritdi. Ular tanlovning respublika bosqichida qatnashadi. Gʻoliblar hamda faol qatnashchilar viloyat IIB, yoshlar va taʼlim tashkilotlari tomonidan taʼsis etilgan diplom va sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.
Oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
