Namangan viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan hududiy veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish xizmatlari, sogʻliqni saqlash hamda boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda bozorlar va boshqa savdo majmualarida isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlar savdosining oldini olish boʻyicha maxsus tadbirlar uyushtirilmoqda. 

Yaqinda Mingbuloq va Toʻraqoʻrgʻon tumanlaridagi dehqon bozorlarida goʻsht, sut mahsulotlari, tuzlamalar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi fuqarolarga veterinariya va sanitariya talablariga qatʼiy rioya etgan holda savdo qilishlari tushuntirildi. 

– Faoliyatimiz davomida ayrim shaxslar faqat oʻz nafsini oʻylab, sifatsiz, yaroqsiz va isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarni, hatto oʻlgan mol goʻshtini yashirincha sotishga urinayotgan holatlar ham aniqlanmoqda, – deydi viloyat IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi komandiri, kapitan Ilhom Jamoldinov. – Albatta aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar esa qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻq qilinib, aybdorlarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilmoqda. 


Shuhrat ROʻZIYEV,

oʻz muxbirimiz.

Namangan viloyati.