Jizzax shahrining “Toshloq” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi J.N. Zarbdor tumanida firibgarlik jinoyatiga qoʻl urdi. Tabiiyki, koʻp oʻtmay uning faoliyati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqa boshladi. Qilmishi uchun javob berish vaqti kelganligini sezgan ushbu shaxs qochib qolishni maʼqul koʻrdi.

Ammo uzoq yashirina olmadi. Ichki ishlar organlari xodimlari qochoqning Navoiy viloyati Navoiy shahridagi yashirin manzilini aniqlab qoʻlga oldilar.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.