Urganch tumanidagi “Koʻhnaovul” mahallasida yashovchi T.P. tumandagi “Chekka sholikor” qishlogʻi hududidagi oʻziga tegishli boʻlmagan 600 kv.m. yer maydonini fuqaro N.M.ga 300 million soʻmga sotmoqchi boʻldi. Harom luqma yeyishga odatlangan T.P. kelishilgan puldan bir qismini yaʼni 4. 500 AQSh dollari hamda 5 million soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy-dalillar bilan qoʻlga olindi.
Ayni kunda mazkur holat boʻyicha fuqaro T.P.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
