Jizzax shahrining Mirzo Ulugʻbek nomidagi mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi O.N. oʻgʻirlikka qoʻl urdi. Tabiiyki, uning jinoyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fosh qilindi. Qonun oldida javob berishi aniq boʻlib qolgach, mazkur shaxs juftakni rostadi. Shu bois, joriy yilning 14-oktabrida unga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi.

Ammo ichki ishlar organlari xodimlari O.N.ning jazodan qutilib qolishiga yoʻl qoʻymadilar. Qochoqning Baxmal tumanidagi yashirin manzili aniqlanib, u qoʻlga olindi.

 Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.