“Qumqoʻrgʻon” mahallasi Namangan tumanining eng yirik mahallalaridan. Tuman IIB boshligʻining tashabbusi bilan mahalla binosida mukammal taʼmir ishlari olib borilmoqda. Binoda "Uychi tajribasi" asosida tikuvchilik sexi tashkil etilib, IIBga biriktirilgan 15 nafar fuqaroga ish bilan taʼminlanish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, rrofilaktika katta inspektorining xizmat xonasi ham mukammal taʼmirlandi. Hozirda binoning tashqi fasadida taʼmir ishlari davom etmoqda.

Taʼmir ishlari yakunlangach, mahallaga alohida xonalar ajratilib, mahalla yettiligi uchun yanada qulay mehnat sharoitlari yaratiladi. Taʼkidlash joizki, ushbu loyiha mahalla aholisi uchun yangi ish oʻrinlari va rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Oʻz muxbirimiz,    

Namangan viloyati.