Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish natijalari boʻyicha dastlabki hisobotini taqdim etgan YEXHT\DIIHB ana shu xulosani bildirdi.
Oʻzbekistonning barcha viloyatlariga taqsimlangan 28 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar okrug saylov komissiyalari va uchastka saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar, mahalliy hokimiyat vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazishdi.
DIIHB Missiyasi uchrashuv natijalariga asoslanib, oʻz hisobotida saylov kampaniyasidagi koʻplab ijobiy jihatlar haqida maʼlum qiladi. Xususan, saylov organlari tomonidan barcha tartibot muddatlariga roioya qilingani, yaʼni barcha rejalashtirilgan tadbirlar belgilangan sanalarda oʻz vaqtida oʻtkazilgani alohida qayd etiladi.
Hisobotda, DIIHB kuzatuvchilarining jamoat tashkilotlari, NNT va boshqa tashkilotlar vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlar natijalariga koʻra, fuqarolar tomonidan saylov jarayoni bilan bogʻliq shikoyatlar boʻlmagani maʼlum qilinadi. MSK, hududiy saylov yoki sud organlariga aholi tomonidan hech qanday shikoyatlar kelib tushmagani qayd etiladi.
Har qanday siyosiy partiya, OAV vakillari va mahalla fuqarolar yigʻini xodimlari saylovni erkin kuzatish imkoniga ega boʻlishdi.
Shuningdek, MSK ning Matbuot markazidagi brifingda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N. Yuldashev ham shuni tasdiqladi.
Eslatib oʻtamiz, Mskning taklifiga binoan, YEXHT DIIHB, YEXHT Parlament assambleyasi va Yevropa parlamentining qoʻshma Missiyasii ilk marotaba yurtimizdagi prezident saylovini kuzatmoqda.
Irlandiyalik diplomat Ouen Myorfi boshchiligidagi YEXHT DIIHB kuzatuvchilari joriy yilning 15 sentyabridan buyon saylovlarni kuzatishmoqda. Missiya 17 nafar kishidan iborat asosiy guruh, 28 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar hamda YEXHT ga aʼzo 26 mamlakatdan tashrif buyurgan 207 nafar qisqa muddatli kuzatuvchi saylov kuni ovoz berish jarayonini kuzatishdi. Shu bilan birga, prezident saylovini kuzatish uchun YEXHT\DIIHB rahbariyati, xususan, YEXHT\DIIHB direktori Matteo Mekachchi ham ishtirok etdi.
Bundan tashqari, 27 mamlakatdan 98 nafarga yaqin deputat-kuzatuvchilardan iborat YEXHT Parlamentskoy assambleyasi delegatsiyasi va YEXHT PA Prezidenti Margareta Sederfelt va Bosh kotibi Roberto Montella ham ilk marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Shu bilan birga, 12 nafar deputatdan iborat Yevropa parlamenti kuzatuvchilari ham YEXHT\DIIHB missiyasiga qoʻshildi. Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan saylovlarni kuzatish uchun 44 mamlakatdan jami 365 ta kuzatuvchi tashrif buyurgan.
Ekspertlarning fikricha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida YEXHT delegatsiyasining ilk marotaba qatnashishi Tashkilot tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning eʼtirof etilishi va qoʻllab-quvvatlashidan dalolatdir.
