Buxoro viloyati IIB JXX YHXB tomonidan press-tur tashkil etildi. Press-tur ishtirokchilari dastlab Gʻijduvon tumani hududidagi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan M-37 Samarqand–Buxoro–Turkamanboshi avtomobil yoʻlining 212-km da joylashgan Sarmijon muntazam Yoʻl-patrul xizmati maskanida boʻlishdi.
Maskanda maxsus moslama oʻrnatilgan boʻlib, viloyatga kirayotgan va hududdan chiqib ketayotgan avtomashinalar orasida jarima toʻlovlari bor-yoʻqligi va qidiruvda boʻlgan avtomobillar aniqlanmoqda ekan. Maskanda haydovchilar uchun sayyor kassalar tashkil etilgani alohida ahamiyatli hisoblanadi. Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, avtomashina shu yerning oʻzidan jarima maydoniga olib ketiladi.
Press-tur doirasida tumandagi haydovchi kadrlar tayyorlovchi Vatanparvar tashkiloti Gʻijduvon avtomobil maktabiga tashrif buyurildi. Bu yerda oʻqitish tizimida olib borilayotgan islohotlar va yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishib chiqildi.
U.SHUKURLAYEV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
