Jizzax viloyati Doʻstlik tumani IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda IIV YHXBB boshligʻi, polkovnik Olim Saidov, Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov, shuningdek faxriylar soʻzga chiqib, xodimlarning yurt tinchligi va osoyishtaligi hamda yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlashdek sharafli va masʼuliyatli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Shundan soʻng soha vakillariga zamonaviy axborot-kommunikasiya vositalari va yangi jihozlarga ega xizmat xonalari topshirildi. Shuningdek, bu yerda maʼrifat xonasi, yotoqxona, yuvinish xonasi mavjud. Zamonaviy qiyofa kasb etgan mazkur binoda fuqarolar uchun ham koʻplab sharoitlar yaratilgan. Aytish joiz, tizimdagi bu kabi oʻzgarishlar jamoat va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, ichki ishlar organlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmat sifati va darajasining tobora ortishiga omil boʻlmoqda.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
