Kosonsoy tumanida ichki ishlar organlarida xizmat qilib nafaqaga chiqqan, mayor Majid Yuldashevning nomini koʻpchilik yaxshi biladi.
Kosonsoy tumani IIB tomonidan "Vatanparvarlik oyligi" doirasida Majid Yuldashevning oʻzi taʼlim olgan 7-umumtaʼlim maktabida yodgorlik lavhasi oʻrnatildi.
Shu munosabat bilan maktabda tashkil etilgan tadbirda tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik B. Shukurov ochib ishtirok etib, M. Yuldashevning xizmat faoliyati haqida soʻz yuritdi. Shuningdek , har yili tuman IIB tomonidan mazkur taʼlim muassasasida xotira tadbirlarini oʻtkazishni anʼanaga aylantirish taklifini bildirdi.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
"Postda" muxbiri.
Namangan viloyati.
