Guliston shahar IIB YHXB tashabbusi bilan shahardagi bir qancha yoʻl belgilari yangilandi. Transport va piyodalar harakatini yanada yaxshilash maqsadida qilingan xayrli ish koʻpchilikning eʼtirofiga sazovor boʻldi. Ayniqsa, piyodalar oʻtish yoʻlaklari yangilangani harakat ishtirokchilariga yanada qulaylik tugʻdirdi. Shu kabi eskirib, koʻrinishini yoʻqotgan ogohlantiruvchi belgilar ham almashtirildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
