Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolar va xodimlar oʻrtasida yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish maqsadida Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hamkorligida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda yoʻl harakati qoidalarini buzish oqibatida sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, xizmat vaqtida va shaxsiy faoliyat jarayonida qoidalarga qatʼiy amal qilish zarurligi taʼkidlandi.

Oʻz muxbirimiz, 

Namangan viloyati.