Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7551-harbiy qismda “Yoʻl harakati xavfsizligi bilan bogʻliq jinoyatlarni bartaraf etish” mavzusida profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi.

Osoyishtaligimiz posbonlari oʻrtasida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida oʻtkazilgan mazkur tadbirda soʻzga chiqqan mutaxassislar haydovchilik madaniyatiga qatʼiy rioya etgan holda avtotransport vositalarini spirtli ichimlik isteʼmol qilmasdan boshqarish bu boradagi muammolarni bartaraf etish yoʻlidagi eng toʻgʻri va samarali vosita ekanligini taʼkidlashdi. 

Shuningdek, mamlakatimiz jinoyat qonunchiligining yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq boʻlgan bir qator moddalariga ham toʻxtalib, ularning mazmun-mohiyati boʻyicha harbiylarga keng tushunchalar berishdi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.