Samarqand viloyati IIB boshligʻi huzurida viloyat hududida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari tanqidiy muhokama qilindi, deya xabar qiladi viloyat IIB Axborot xizmati.
Qayd etilishicha, boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari, Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi, barcha shahar-tuman IIB rahbarlari va oʻrinbosarlari ishtirok etgan tadbirda viloyat hududida sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalari, jumladan, odam oʻlimi hamda tan jarohati bilan bogʻliq yoʻl transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar muhokama qilingan.
Shuningdek, xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilishlari, fuqarolar bilan belgilangan meʼyorlarga asosan, obod-axloq doirasida muloqot qilish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Va kelgusida viloyat hududida yoʻl-transport hodisalarini oldini olish borasida aniq vazifalar belgilab olingan.
Gulnoza TURGʻUNBOEVA,
“Postda” muxbiri.
Samarqand viloyati.
