Qoʻqon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro P.N. 21 fevralʼ kuni ichki ishlar organlariga murojaat qilib, telefonini oʻgʻirlatib qoʻygani haqida xabar berdi.
Oʻsha kuni u oʻzining “Matiz” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotganida nomaʼlum shaxs toʻxtatib, yoʻlovchi sifatida mashinaga oʻtiradi. Qashqadaryo koʻchasida yoʻlovchi tushib ketgach, P. N. salonda turgan 3 million 212 ming soʻmlik telefon apparati gʻoyib boʻlganini bildi.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida qingʻirlikka qoʻl urgan yoʻlovchi fuqaro I.M. ekanligi oydinlashdi. Holat yuzasidan tergov harakatlari boshlandi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
