Sirdaryo viloyati IIB tashabbusi bilan viloyat IIB TVBSO xodimlari tomonidan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida tadbir tashkil etildi.

Xususan, Sayxunobod tumanida joylashgan 4-umumtaʼlim maktabida «Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida maktab oʻquvchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda zamonaviy harbiy xizmatchi qanday boʻlishi kerakligi, qanday bilim va koʻnikmaga ega yoshlar harbiylikka tanlab olinishi haqida tushunchalar berildi. Tadbir davomida tashkil etilgan koʻrgazmali chiqishlar yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.