4-sonli IIB xotin-qizlar masa­lalari boʻyicha inspektori, leytenant Robiya Ernazarova faoliyatini boshlaganiga koʻp boʻlgani yoʻq. 

U xizmat hududidagi «Posira», «Yunus­obod», «Akbarobod», «Otchopar-1», «Otchopar-2», «Qadrdon», «Bogʻi boʻston», «Obod» kabi mahalla fuqarolar yigʻinlari­ning raislari va xotin-qizlar faollari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Shu bois oilalardagi nizo va kelishmovchiliklar dastlabki jarayondayoq mahalla faollari, kayvoni onaxonlarni jalb qilgan holda bartaraf etiladi. Albatta, baʼzan hamma ham birdek murosaga kelmasligi tabiiy. Bunday holatlarda leytenant Robiya Ernazarova jabr koʻrgan xotin-qiz­larni huquqiy himoya qilishga kirishadi va himoya orderi berilishi chorasini koʻradi. 

Mahallalardagi «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalarida yosh xodim faollik koʻrsatmoqda. 

Abror POYONOV,

oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.