Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Buxoro shahridagi “Wunder lang” nomli MTT tarbiyalanuvchilari va harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtirokida “Vatan manzumasi” nomli adabiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Bunda tarbiyalanuvchilar IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7258-harbiy qismdagi jangovar texnikalar va harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
A.ELOV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
