Muzrabot tuman kasb-hunar maktabida viloyat IIB boshligʻi qizil toifadagi mahallalarda yashovchi hamda probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv doirasida “qizil” toifadagi mahalla yoshlarining muammolari ham oʻrganildi. Asosan uy-joy olish uchun subsidiya ajratish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va kengaytirish uchun kredit mablagʻlari olish, ishga joylashish, tikuv mashinasi, oʻt oʻrish va yogʻoch kesish apparatlari bilan taʼminlash, probatsiya nazoratidan muddatidan ilgari ozod qilish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularga yechim izlandi. 9 nafar yigit-qizning murojaati shu yerning oʻzida hal etildi. Ishsiz boʻlgan yoshlardan 1 nafariga yogʻoch kesish apparati, 3 nafariga oʻt oʻrish apparati, 1 nafariga oʻsimliklarga dori sepish apparati va nogironligi bor 1 nafar shaxsga nogironlik aravachasi hamda 12 nafar yoshga kitoblar toʻplami topshirildi.
Oʻz muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.
