IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Qarshi shahrida joylashgan 7256-harbiy qismda ham oʻz kasbining fidoyilari boʻlgan, boshqa hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy oʻquv yurtlariga kirishda imtiyoz beradigan tavsiyanomalarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda qoʻshin qoʻmondoni, polkovnik Sh.Xudaynazarov ishtirok etib, tavsiyanomalarni oʻz egalariga tantanali vaziyatda topshirdi. Yoshlarga oʻzining ezgu tilaklarini bildirib, oʻzlari tanlagan oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Gʻayratjon Samadov,

kapitan.