Oʻtgan yilning sentabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan boʻlib oʻtgan ilmiy-tadqiqot ishlarida davlat buyurtmasi asosida Oʻzbekiston – Belarus ilmiy loyihalar tanlovi oʻtkazilgan edi.

Unda IIV ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika va texnologiya fani oʻqituvchisi Gʻoʻzal Tohirovaning "Namlikni yuqori aniqlikda oʻlchashga moslashgan damchiklarni dinamik rejimda ishlovchi raqamli oʻlchash tizimini yaratish" mavzusidagi loyihasi ham gʻolib deb topildi. Tanlov nizomiga korʼa, 12 ta innovatsion gʻoya va texnologiyalar moliyalashtiriladi. Shuningdek, G. Tohirovaning loyihasi ham 400000000 soʻmlik sertifikat bilan taqdirlandi. Gʻoliblarni taqdirlash marosimi 2021 yil 24-dekabrda Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida boʻlib oʻtdi.

   Loyiha doirasida ilmiy va texnologik parklarni qoʻllab-quvvatlash, korxonalarni boshqarishning innovatsion yondashuvi, ilm va ishlab chiqarish integratsiyasi, yoshlarning innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlashda rivojlangan davlatlarning tajribasi, innovatsion iqtisodiyot uchun kadrlarni tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

   G. Tohirova kelajakda ilm-fan yoʻlidagi izlanishlarini davom ettirib, intellektual, faol, iqtidorli yoshlarga Vatanimiz ravnaqi uchun taʼlim va tarbiya berishda oʻz hissasini qoʻshishiga ishonamiz.

Oʻz muxbirimiz.