Navoiy viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi psixologik taʼminlash guruhi psixologlari tomonidan sohaga endigina kirib kelgan yosh xodimlar uchun trening tashkil etildi. Unda xodimlarning individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik darajasi va boshqa irodaviy sifatlari oʻrganildi. Shuningdek, ekstremal vaziyatlarda psixologik turgʻunlikni taʼminlash, oʻzining muammolarini anglash, oqilona yoʻl topish, harakatlariga toʻgʻri baho berishni shakllantirish boʻyicha suhbatlashildi.

 Ushbu trening jamoada ijtimoiy-maʼnaviy hamda ruhiy muhitni yanada yaxshilash, xodimning faoliyati davomida xizmat intizomi buzilishi, doimiy charchoq, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy holatlarni barataraf etishda oʻz samarasini berishi shubhasiz.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.