Mamlakatimizda yoshlarning sogʻlom va barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishishi uchun keng koʻlamdagi islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Bogʻot tumani IIB binosida ham 3-sektor rahbari tashabbusi bilan yoshlar va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda mazkur tuman hokimi Shavkat Yaxshiboev ishtirok etib, bogʻotlik yoshlar tomonidan turli sohalarda qoʻlga kiritilayotgan yutuq va ilgʻor tashabbuslarni tilga oldi. Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning muammolari, taklif va istaklari ham tinglanib, ularni ijobiy hal etish choralari koʻrildi.
Shu bilan birga, tengdoshlariga namuna boʻlib kelayotgan bir guruh oʻquvchi-yoshlarga hamda ularning ota-onalariga tuman hokimligi va ichki ishlar boʻlimi tomonidan minnatdorlik bildirildi. Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilgan shart-sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanib, oʻz bilim va iqtidorlarini namoyish etishga, ona Vatanimizga munosib farzand boʻlishga vaʼda berdilar.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
