Uychi tumanida 3-sektor rahbari, tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Furqat Mirzaevning yoshlar bilan uchrashuvi bshlib oʻtdi. Unda mahalla fuqarolar yigʻinlarining yoshlar yetakchilari ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlarning 7 nafariga safarbarlik chaqiruv rezervi xizmati uchun pul mablagʻlari oʻtkazilgani toʻgʻrisida maxsus sertifikatlar topshirilgan boʻlsa, namunali ish tashkil etgan yoshlar yetakchilari sektor rahbarining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar .
Gulchehra BUVAMIRZAEVA,
"Postda" muxbiri.
Namangan viloyati.
