Buxoro viloyati. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi mamlakatimizda ekologik vaziyatni yanada yaxshilash hamda iqlim oʻzgarishlariga milliy yechim sifatidagi noyob loyiha boʻldi. Uning zamirida turli rusumdagi avtomashinalar, logistika va texnika vositalari qurshovida qolgan makonga asl tabiatni tuhfa etish, koʻchat ekish va bogʻ yaratish yotibdi. Buxoro viloyati IIBda xizmat qilayotgan yosh xodimlar ham “Yashil makon” umummilliy loyihasiga munosib hissa qoʻshib kelishmoqda.
Yaqinda viloyat IIB Tibbiyot boʻlimi gospitali reabilitasiya boʻlinmasi hududidagi yer maydonida viloyat ichki ishlar organlarining yoshlar bogʻini yaratish maqsadida tuman-shahar hamda barcha sohaviy xizmatlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar oʻz tashabbuslari bilan koʻchat ekish ishlariga kirishdi. Dastlab yer maydoni chiqindilardan tozalanib tekislandi, hudud tuprogʻining holati hisobga olinib, chidamli va manzaraga boy koʻchatlar tanlandi. Loyiha doirasida mevali va manzarali daraxtlar yerga qadaldi.
Jasurbek SRUKURLAYEV,
kapitan.