Shofirkon tumani “Denov” mahalla fuqarolar yigʻini profilaktika katta inspektori, kapitan Ibrohim Aʼzamovning kasbiga sadoqati va zimmasidagi vazifalarga munosabatini koʻpchilikka ibrat qilsa arziydi. U 2017 yildan beri ichki ishlar organlarda, qariyb ikki yildan oshiqroq egallab turgan lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Oʻtgan yil davomida erishgan yutuqlaridan asosiysi mahalladagi tillafurushlarning 46 ta noqonuniy faoliyatiga chek qoʻydi.
Kapitan I.Aʼzamov nafaqat oʻz hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishda, balki tuman miqyosida oʻtkazib kelinayotgan profilaktik targʻibot tadbirlarida ham faol ishtirok etyapti. Birgina misol, qoʻshni “Doʻrmon” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi H.X. ilgari oʻgʻrilik jinoyatini sodir etib, yashirinib yurgandi. Ushbu shaxs yashiringan manzilni aniqlagan lavhamiz qahramoni hududiy profilaktika inspektori, mayor N.Mirzaev bilan oʻsha xonadonga borishadi. Uy sohibi bilan olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida u H.X. yashiringan joyni koʻrsatadi. Shunday qilib, qidiruvdagi shaxs ushlanadi.
Qisqasi, xalq xizmatida boʻlishni sharaf deb bilgan kapitan I.Aʼzamov uning yuksak ishonchiga sazovor boʻlmoqda.
Mirzoqul AHADOV,
oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
