Navoiy viloyati IIB tizimida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” yuqori saviyada oʻtkazilmoqda. Jumladan, oylik doirasida Konimex tumani IIBda oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi. 

Mashgʻulotlarda ommaviy tartibsizlikni bartaraf qilish, kundalik xizmatda hamda jangovar vaziyatlarda qoʻllaniladigan maxsus vositalar va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek maxsus transport vositalari va oʻqotar qurollar, zararsizlantirish qurilmalari haqida xodimlarga toʻliq maʼlumot berildi. Shuningdek, «Kalashnikov» avtomati va «Makarov» pistoletining taktik-texnik xususiyatlari, ushbu qurollarni notoʻliq qismlarga ajratish va yigʻish boʻyicha ularning malakalari oshirildi. Soʻng xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligi sinovdan oʻtkazildi. 

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.