Oʻziga xos tajriba va mahoratga ega boʻlgan katta leytenant Hami­dullo Sultonov keyinchalik IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarda qoʻriqlash vzvodi komandiri, shtab katta ofitseri lavozimlarida samarali xizmat qildi. 

Ayni kunda u IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7260-harbiy qismda shtab boshligʻining oʻrinbosari lavozimida xizmatni davom ettirmoqda. 

Lavhamiz qahramoni harbiy qism­ning tajribali murabbiylaridan biri sifatida kichik serjantlar Zuxriddin Zaripov, Azamat Matniyozov, Baxtiyor Nazariyev, III darajali serjant Qayrullo Artiqov singari koʻplab harbiy xizmatchilarga ustozlik qilmoqda.

Har bir oila sogʻlom muhit, mehr va eʼtibor tufayli baxtli koshonaga aylanadi. Bunda oilada farzandlar komil inson boʻlib voyaga yetadi. Hamidullo ham turmush oʻrtogʻi Layloxon bilan tinch-totuv hayot kechirib, farzandlari Malika, Temurbek hamda Solihani chinakam yetuk insonlar etib tarbiya­lashga astoydil harakat qilishyapti.

Mayor Hamidullo Sultonov harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻtkazilgan intensiv sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, «Dovyurak jangchi» nishoni bilan taqdirlangan.

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.