Fargʻona viloyati. Oʻtgan yili Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi akademik litseylar va «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan «Ajdodlar merosi bilimdoni» kitobxonlik koʻrik-tanlovida litsey oʻquvchisi Muhammadfozil Ismoilov 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Yana bir bilimdon oʻquvchi Husniyabonu Sobirjonova esa oʻzbek tili fanidan respublika olimpiadasi gʻolibi sanaladi.
Taʼlim maskanida ishlayotgan oʻqituvchilarning 5 nafari esa respublika miqyosida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovlarning gʻolib va sovrindoridir.
Oʻtgan oʻquv yilida litseyni 194 nafar oʻquvchi muvaffaqiyatli tamomlagan boʻlib, ular IIV Akademiyasi, Davlat xavfsizligi akademiyasi, harbiylashgan oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston va xorijiy oliy taʼlim dargohlariga oʻqishga kirdi. Oliy taʼlimga kirish koʻrsatkichi esa 80 foizdan oshdi.
Hozirgi kunda 50 nafardan ziyod bilimdon oʻquvchilar xorijiy tillarni bilish va milliy sertifikatlarga egadir.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
