Keksalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilimi va boy tajribasini oʻrganish maqsadida Navoiy viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar hamda faxriylardan tashkil topgan jamoalar “Zakovat” intellektual oʻyinida bellashdilar. 

Ishtirokchilar olgan bilimlari va oʻqigan kitoblariga tayangan holda, savollarga tez va aniq javob qaytarishga harakat qilishdi. Ustoz-shogirdlardan tuzilgan jamoalar ichida faxrli 3-oʻrinni boshqarma JXX JTSB PPXB jamoasi, 2-oʻrinni Xatirchi tuman IIB jamoasi egalladi. Faxrli 1-oʻrinni esa Navoiy viloyati IIB jamoasi qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Karmana tuman IIB jamoasiga faol ishtiroki uchun minnatdorlik eʼlon qilindi.

Koʻrik-tanlov gʻoliblari boshqarma rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Mahliyo XOLOVA

Oʻz muxbirimiz,

Navoiy viloyati.