Davlatobod tumanida 18 ta mahallani oʻz ichiga olgan 5 ta “Huquq tartibot maskani” tuzildi. Tumanning “Toʻquvchi” mahallasida tashkil etilgan “Huquq tartibot maskani” taqdimotida viloyat sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Namangan tajribasi sifatida yoʻlga qoʻyilayotgan mazkur maskanlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar organlari sohaviy xizmat xodimlarining hamkorlikda faoliyat olib borishlarida muhim ahamiyatga ega. 

Maskan qurilishi uchun 330 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilib, zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlandi. Mazkur maskan, bir vaqtning oʻzida “Toʻquvchi”, “Mustaqillik”, “Porloq”, “Navbahor” mahallalarida yashovchi 23 ming 655 nafar aholiga xizmat koʻrsatadi.

Oʻz muxbirimiz, 

Namangan viloyati.