Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov Jizzax shahrining “Zilol” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi. Mazkur jarayonda 5 nafar xotin-qizga subsidiya asosida tikuv mashinalari, 10 nafar yoshga oliy taʼlim muassasalarining kontrakt toʻlovining muayyan qismi hamda salomatlikni tiklash xarajatlar qoplanganiga oid sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida bir guruh yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Muloqot davomida Jizzax shahrining “Oʻratepalik”, “Olmazor”, “Zilol”, “Uchariq” hamda Sharof Rashidov tumanining “Qahramon” mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning muammolarini hal qilish choralari belgilandi. Tadbirda turar joylar va ijtimoiy soha obʼektlarini qishga tayyorlash hamda is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
