PPX batalyoni 2-otryadi komandiri, mayor Erkin Shodmonov zudlik bilan hududga safdorlar Quvonchbek Bobonorov va Alijon Norboʻtayevni yubordi. Xodimlar shubhali shaxsni choʻchitib yubormaslik uchun mashinada uning yonidan zuv etib oʻtib ketishdi. Bu holat esa uni biroz xotirjam qildi.
– Mashinamizni pana joyda qoldirib uning harakatini kuzatdik. Chunki bunday paytda asosiy eʼtibor fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilishi kerak. Mabodo uning sumkasida sovuq qurol boʻlsa, qoʻlga olish jarayonida begunoh kishilar jabrlanishi mumkin. Shu bois biz uni fuqarolar kamroq joyga chiqqunga qadar yashirincha kuzatib turdik. Albatta,
u bizni koʻrishi bilanoq qochishga urindi. Lekin tezkor harakat qilib qoʻlga oldik, – deydi safdor
Quvonchbek Bobonorov. – Mashinaga oʻtqizganimizda u «Yigitlar kelishaylik» deb, bizga pul taklif qildi. Bu uning qidiruvdagi shaxs ekanligini yana bir karra tasdiqladi.
Darhaqiqat, gumonlanuvchi viloyat IIB Tezkor boshqaruv markaziga olib borilib, u qidiruvda boʻlgan fuqaro M.X. ekanligi aniqlandi.
Umida MAMADALIYEVA,
oʻz muxbirimiz.
Samarqand viloyati.