Urganch shahrida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” loyihasi doirasida “Zoʻravonliksiz oila – farovon hayot sari” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi. Unda huquq-tartibot organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullari, nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillari, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qiluvchi ijtimoiy moslashuv markazlarining xodimlari ishtirok etishdi. 

  Muhim ahamiyat kasb etgan ushbu tadbirda gender tenglikni taʼminlash boʻyicha yurtimizda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar, xotin-qizlarning teng huquqliligini taʼminlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, shuningdek, har qanday koʻrinishdagi zoʻravonliklarning oldini olish borasidagi fikrlar tinglandi. 

Xudoybergan JABBOROV,

“Postda” muxbiri.