Yaqinda Nukus shahar sudi sudʼyalari bilan ushbu hudud IIO Probasiya guruhi hisobida turuvchi shaxslar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Jumladan unda mazkur shaxslarning qayta jinoyat sodir etishining oldini olish, jamiyatda oʻrnatilgan tartib-qoidalarga rioya etish hamda mehnatga yaxshi munosabatda boʻlgan va oʻzini har tomonlama ijobiy tarafdan koʻrsatgan bir guruh shaxslarning jazosi yengilrogʻi bilan almashtirildi.
Yaʼni, Nukus shahar sudi tomonidan Probasiya guruhi hisobida turgan 3 nafar shaxsga nisbatan sud jarayoni oʻtkazilib, shundan 2 nafari muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. Shuningdek, jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlab yurgan 1 nafar shaxsning jazo muddati esa, ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini oʻrganish, pasport-viza rejimining nazorati hamda huquqbuzarliklarga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni aniqlash boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.
Mirza AMETOV,
Nukus shahar IIO Probasiya guruhi
katta inspektori, mayor.
