Buxoro viloyati IIB tashabbusi bilan Gʻijduvon tumanining “Baraka” mahallasida joylashgan Yangi Oʻzbekiston massivi hududida 2,5 gektar maydonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bogʻ barpo etilmoqda. Bunda viloyat IIB boshligi, polkovnik M.Miralimov va boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda shaxsiy tarkib ishtirok etib, koʻchatlar oʻtkazishda faol qatnashmoqdalar.
T.ASHUROV,
podpolkovnik.
