Sirdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, 1960 yilda tugʻilgan, Sirdaryo tumanida yashovchi M.E. ning yashash uyi tomorqasi koʻzdan kechirilganda, tomorqasida joylashgan issiqxonaning orqa tomonida oʻtlar orasida 41 tup, boʻyi taxminan 20-25 sm uzunlikda boʻlgan “koʻknori” giyohvandlik oʻsimliklari ekilib, parvarishlanganligi aniqlandi. Goyohvandlik vositasi daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan Oʻz.Res JKning 270-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatish choralari koʻrilmoqda.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

"Postda" muxbiri,  

Sirdaryo viloyati