Qashqadaryo viloyatida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar davomida pirotexnika vositalarini noqonuniy saqlash bilan bogʻliq holatlarga chek qoʻyilmoqda. Jumladan, yaqinda Yakkabogʻ tumani IIB xodimlarining huquq-tartibot idoralari vakillari hamkorligida olib borgan tadbirlari natijasida tumanning “Sovuqbuloq” Mfyda yashovchi fuqaro N.J. uyida 8 500 000 soʻmlik 400 quti “Treniya” pirotexnika vositasini saqlab kelayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sodiq RAHIMOV,

“Postda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati