Bu yil yurtimizda gʻazal mulkining sultoni, davlat va jamoat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hazratlari tavalludining 582-yilligi hamda oʻzbek klassik adabiyotining ulkan namoyondasi, shoh va shoir, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyi oʻquvchilari Toshkent shahrida joylashgan “Adiblar xiyoboni”da boʻlishdi.
U yerda oʻquvchilar mumtoz sheʼriyatimiz gulshanining ikki buyuk ustunlarining hayot yoʻli va ijodi bilan yaqindan tanishishdi. Goʻyoki, Alisher Navoiy barcha ijodkorlarni mashvaratga chorlaganday aks ettirilgan koʻrinish oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Sarvar SOBIROV,
“Postda” muxbiri.
