Oilaning darz ketishi — jamiyatning darz ketishidir! U ayniqsa, farzandlar ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, koʻplab ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Shu bois oilaviy ajrimlarning oldini olishga davlat va jamiyat miqyosida katta eʼtibor qaratiladi. Shirin shahar faollari ishtirokida boʻlib oʻtgan seminarda aynan shu masala toʻgʻrisida soʻz bordi.
Shirin shahar IIB tashabbusi bilan oʻtkazilgan tadbirda xotin-qizlar vakillari, tegishli korxona va tashkilot masʼullari ishtirok etishdi. Unda oilaviy ajrimlarni oldini olish, ayollar oʻrtasidagi jinoyatchilik, huquqbuzarliklar profilaktikasi, huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirishga oid maʼlumotlar taqdim etildi.
Tadbirda oilaviy kelishmovchiliklarning kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilindi. Seminar ishida qatnashgan Sirdaryo viloyat IIB XPB boʻlim boshligʻi, podpolkovnik G.Mirzabekova mavzuga oid normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida tushuntirish berdi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
