Umummilliy loyihasi doirasida 

 Akademik litseyida “dolzarb 40 kunlik”

Joriy yilning 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar natijasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Ichki ishlar organlarida 15-dekabr kuniga qadar daraxt koʻchatlarini ekish boʻyicha “dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilinganligi munosabati bilan IIV Samarqand akademik litseyida ham “Yashil makon”lar hajmini koʻpaytirish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, akademik litsey binosi joylashgan hududning iqlim sharoiti, ekish maydonlarining oʻziga xosligidan kelib chiqib, “Yashil maydon”lar soni koʻpaytirilib borilmoqda. Joriy yilning 16-noyabr kuni 60 tup manzarali daraxtlar keltirilib, hashar yordamida litsey hududiga va oʻquvchilar yotoqxonasi atrofiga ekildi.

Akademik litseyning professor-oʻqituvchilari va oʻquvchilariga mazkur “Yashil makon” umummilliy loyihasida vijdonan va sidqidildan ishtirok etishlari boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlari oʻtkazilib kelinmoqda.

IIV Samarqand akademik litseyi