Ayni kunlarda IIV Akademiyasining professor-oʻqituvchilaridan iborat ishchi guruh viloyatda mutasaddi idoralarning qonunbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid faoliyatini oʻrganmoqda. Mazkur jarayonda asosiy eʼtibor “qizil” toifadagi mahallalarga qaratilyapti. Ishchi guruh aʼzolari yuz bergan jinoyatlarning sabab va omillarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatishni rejalashtirgan.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
