“Tazyiq va zoʻravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida Yakkabogʻ tumani hokimligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda tuman IIB vakillari ham ishtirok etdi. 

Tadbirda xotin-qizlarni qiynayotgan muammolar, ularga nisbatan boʻladigan tazyiq va zoʻravonlik turlari va oqibatlari xususida soʻz yuritildi. Shu bilan birga, xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi qonun va qarorlar, tibbiy va psixologik koʻrsatmalar aytib oʻtildi. Mutaxassislar tomonidan kun tartibidagi mavzu yuzasidan taklif-mulohazalar eshitildi va muhokama qilindi.

Ochiq savol-javob ruhida oʻtgan tadbirda ushbu yoʻnalishdagi suhbat, trening va uchrashuvlarni tumandagi har bir tashkilot, muassasa va mahalla fuqarolar yigʻinida tizimli ravishda oʻtkazib borishga kelishib olindi.

Sodiq RAHIMOV,

“Postda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati