Sirdaryo viloyati Ekologiya nazorat inspeksiyasi va viloyat IIB PPX va JTSB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda atrof-muhit musaffoligiga zarar keltirish bilan bogʻliq bir necha huquqqbuzarlik aniqladi. 

Jumladan, Boyovut tumani Doʻstlik mahallasi hududidan oʻtuvchi yoʻl boʻyida tozalashdan hosil boʻlgan oʻsimlik qoldiqdarini fuqaro M.S yoqib yuborganligi holati aniqlanib, maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Oqoltin tumanida oʻtkazilgan tungi nazorat tadbirida “U. Kubayev” SIU hududidan oqib oʻtgan kanaldan fuqarolar E.D, Yu.F, R.D.lar tomonidan noqonuniy ravishda elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotganlik holati aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.