IIV Malaka oshirish institutida ushbu mavzuda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda IIV sohaviy xizmatlar, Jamoat xavfsizligi universiteti, IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi, institut professor-oʻqituvchilari, masʼul xodimlari oʻz maʼruzalari bilan ishitirok etdilar.
Tadbirni Institut boshligʻi, dosent, polkovnik Olimjon Axmedov ochib, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator hujjatlar qabul qilinganligini, aholi turmush darajasini yanada oshirish uchun barcha jabhaga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etishga alohida ahamiyat berilayotganligini aytib oʻtdi.
Anjumanda eʼtirof etilganidek, mamlakatimizda axborot-kommunikasiya texnologiyalari keng joriy etilishi va rivojlanishi natijasida ayrim shaxslar bundan ezgu maqsad yoʻlida emas, gʻaraz va past niyatlarda foydalanish holatlari kuzatilmoqda.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirokchilarning kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning yangi yondashuvlariga oid fikr va mulohazalari eshitildi hamda taklif va tavsiyalari muhokama qilindi.
IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati.
