Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi, mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boshqarmasi, viloyat IIB hamkorligida Guliston shahar 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Maʼnaviyatli qizlar – millat kelajagi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Unda qizlarni erta turmushga berishning salbiy oqibatlari, xotin-qizlar oʻrtasida zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar hamda bu kabi illatlarga qarshi kurashish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

 “Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.