Bugungi kunda ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish, ular oʻrtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatlarning barvaqt oldini olish, shuningdek, ichki ishlar organlari hisobida turgan xotin-qizlar tomonidan qayta huquqbuzarlik sodir etilmasligini taʼminlash, xotin-qizlarni turli tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini qaror toptirish borasida izchil islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Gʻijduvon tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi xotin-qizlar masasalalari boʻyicha masʼul xodimlari tomonidan “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida qator targʻibot va tashviqot tadbirlari amalga oshirilyapti.
Olib borilayotgan profilaktik tadbirlar davomida tumanning Vazirshoh, Soktari, Amirobod hamda Sarvari mahallalari hududlarida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderlari berildi. Bundan tashqari, Amirobod va Toshloq mahallalari hududlarida davra suhbatlari tashkil etildi. Davra suhbatlarida asosan bugungi kunda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni aniqlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini qaror toptirish hamda himoya orderini berish tartibi va uning talablarini buzganlik uchun kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar birma-bir tushuntirib berildi.
M. AHADOV,
“Postda” muxbiri.
Buxoro viloyati.
