Viloyatni xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish borasida keng koʻlamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, viloyat ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼul xodimlar uyma-uy yurib, “Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan ayollar, ijtimoiy nosogʻlom, nizoli, notinch oilalar bilan yuzma-yuz uchrashmoqda. Suhbat jarayonida ular duch kelayotgan muammolar oʻrganilib, ijtimoiy soʻrovnoma asosida tizimli ishlar tashkillashtirilmoqda. Shuningdek, notinch oilalar muhitini sogʻlomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga doir targʻibotlar ham olib borilmoqda.

D.OSTONOVA,

           mayor.

Buxoro viloyati.