Urganch shahrida aholining ish bilan band boʻlmagan qismini kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlash maqsadida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Viloyat IIB, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan mazkur tadbirga shahar hududidagi "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan hamda ichki ishlar organlari probatsiya hisobida turgan xotin-qizlar taklif etildi.
Ular bu yerda tegishli tashkilotlar tomonidan kasb-hunar oʻrgatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi hamda tayyor mahsulotlarni koʻzdan kechirishdi. Shundan soʻng ularga shahar hududidagi mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlari taklif etildi va tegishli tartibda shartnomalar imzolandi.
“Mehnat yarmarkasi”da davlat va jamoat tashkilotlari masʼul vakillari ishtirokida yigʻilish ham oʻtkazilib, ayollarning muammolari, xohish va istaklari eshitildi va tegishli tavsiyalar, huquqiy maslahatlar berildi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
