Guliston shahar «Taraqqiyot» mahallasidagi eski bozor hududida noqonuniy ravishda tavakkalchilikka asoslangan «Baxtli voqea» lotoreya oʻyinini tashkil etgan shaxslar qonuniy jazoga tortildi. 

Maʼlum boʻlishicha, Sayxunobod tumanida yashovchi 22 yoshli A.A. va Guliston shahar 8-maktabning 11-sinf oʻquvchisi V.N. oʻzaro kelishgan holda qimorga asoslangan pul yutugʻi oʻyinini tashkil etgan. Holat yuzasidan Guliston shahar IIB tomonidan tegishli chora koʻrilgan. Guliston shahar sudida ushbu shaxslarga tegishli jazo belgilandi. Ularning qilmishiga pushaymonligi, ayblanuvchilardan birining voyaga yetmaganligi eʼtiborga olinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo belgilangan. 

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.